Chilonzor tumani
1-son politexnikumi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi "Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va Xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 158-sonli Farmoniga asosan Xalqaro ta'lim dasturlari joriy qilingan Toshkent shahridagi yagona politexnikum.
Chilonzor tuman 1-son politexnikumiga Xush kelibsiz
Politexnikumizda mavjud qulayliklar bilan tanishing!
- Amaliy darslar
- Malakali Ustozlar
- Muloqot
Politexnikumizda nimalar mavjud ?
Politexnikumda asosan texnika, muhandislik, axborot texnologiyalari, qurilish, mashinasozlik, elektrotexnika, dasturiy injiniring kabi yoʻnalishlar, zamonaviy laboratoriyalar, amaliy mashgʻulotlar uchun ustaxonalar, kutubxona, sport inshootlari hamda talabalar klubi faoliyat koʻrsatadi.
Amaliy darslar
Elektr, elektronika va robototexnika laboratoriyalarida tajribalar
Malakali Ustozlar
Har bir ustoz o‘z sohasida mutaxassis va zamonaviy usullardan foydalanadi.
Muloqot
Barcha erkin muloqot qilish va birga suhbat qurish.
Yo'nalishlar
Kunduzgi va dual ta'lim (9-sinf negizida)
Xalqaro ta'lim dasturi asosida
Kompyuter grafikasi va dizayn operatori
"Kompyuter grafikasi va dizayn operatori" yo'nalishi zamonaviy axborot texnologiyalari, grafik dizayn va vizual kommunikatsiya sohalarini birlashtiradi.
Xalqaro ta'lim dasturi asosida
Elektron texnika asboblarini sozlovchi
"Elektron texnika asboblarini sozlovchi" kasbi elektron asbob-uskunalarni sozlash, tekshirish va optimal ishlashga keltirish bilan shug‘ullanadi.
Xalqaro ta'lim dasturi asosida
Elektromontyor
Elektromontyor – elektr tizimlarini o‘rnatish, ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish; yangi binolarda elektr simlarini joylashtirish, eskirgan tizimlarni yangilash va nosozliklarni bartaraf etish.
Xalqaro ta'lim dasturi asosida
Oshpaz
Oshpaz – taom tayyorlash va oshxonani boshqarish; retsept ishlab chiqish, ingredient tanlash va turli taomlarni pishirish.
Milliy ta'lim dasturi asosida
Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi – axborotni raqamli shaklga keltirish, tahlil va samarali foydalanish.
Milliy ta'lim dasturi asosida
Avtomobillarni ta mirlash va ularga xizmat ko'rsatish
Avtomobillarni ta'mirlash va ularga xizmat – avtomobilning texnik holatini tiklash va nosozliklarni bartaraf etish.
Milliy ta'lim dasturi asosida
Tibbiy texnikani montaj qilish xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
Tibbiy texnika montaji – asbob-uskunalarni o'rnatish, sozlash, muntazam texnik xizmat va diagnostika.
Milliy ta'lim dasturi asosida
Tikuvchi
Tikuvchi – matolardan kiyim-kechak va boshqa mahsulotlarni tayyorlash, ta'mirlash va bezash.
Milliy ta'lim dasturi asosida
Maishiy texnika jihozlarini ta'mirlash
Maishiy texnika jihozlarini ta'mirlash – kundalik hayotda ishlatiladigan qurilmalarni diagnostika va nosozliklarni bartaraf etish.
Dual ta'lim asosida
Avtomobillarni ta mirlash va ularga xizmat ko'rsatish
Avtomobillarni ta'mirlash va xizmat – transport vositalarining texnik holatini saqlash va nosozliklarni bartaraf etish.
Dual ta'lim asosida
Tikuvchi
Tikuvchi – matolardan kiyim-kechak va boshqa mahsulotlarni tayyorlash, ta'mirlash va bezash.
Kunduzgi va sirtqi ta'lim (11-sinf negizida)
Milliy ta'lim dasturi asosida
Kompyuter injiniring
Kompyuter injiniring – kompyuter tizimlari va apparat vositalarini loyihalash, ishlab chiqish, dasturlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish.
Rahbariyat
Ziyamuxamedov Baxodir Isroilovich
Direktor
Qabul vaqti: Dushanba - Shanba 08:00-16:00
Telefon: +998 (71) 216-76-16
E-mail: chilonzor1pt@gmail.com
Nasriddinova Kimyo Rajabovna
Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Qabul vaqti: Dushanba - Shanba 08:00-16:00
Telefon: +998 (71) 216-76-16
E-mail: chilonzor1pt@gmail.com
Akramov Sardor Shavkatovich
Ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosar
Qabul vaqti: Dushanba - Shanba 08:00-16:00
Telefon: +998 (71) 216-76-16
E-mail: chilonzor1pt@gmail.com
Nazarova Zulfiya Baltaboyevna
O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari
Qabul vaqti: Dushanba - Shanba 08:00-16:00
Telefon: +998 (71) 216-76-16
E-mail: chilonzor1pt@gmail.com
Ta'lim muassasasi qisqacha tarixi
Chilonzor tuman 1-son politexnikumi 1983 yil Toshkent Radiotexnika texnikumi negizida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z davrida Moskva Politexnika Instituti qoshidagi Radiotexnikum filiali sifatida O‘rta Osiyoda yagona o‘quv yurti hisoblangan. Shu bilan birgalikda ushbu texnikum, asosan, “Algoritm”, “Foton” zavodi, “Zangori ekran” davlat uyushmasi hamda qo‘shni respublikalarga texnika yo‘nalishidagi va keyinchalik “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” MAKning "O‘zaeronavigatsiya" markazi davlat korxonasi uchun yagona mutaxassis tayyorlovchi o‘quv yurti sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik 2000 yil 2 avgustdan Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kolleji va 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812 farmoni bilan Chilonzor tumani 1-son kasb-hunar maktabiga aylantirilgan. 2024 yil 16 oktyabrdagi PF-158 farmoni bilan Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga biriktirilgan Chilonzor tuman 1-son politexnikumini tashkil etish belgilangan.
Chilonzor tuman 1-son politexnikumi
Politexnikum afzalliklari
Ish beruvchilarning talablariga moslashish maqsadida politehnikumida tartib-intizomga qat’iy rioya qilinadi; Ta’lim olish bepul (11-sinf negizida to‘lov-kontrakt asosida); Har bir guruh uchun (30 nafar o‘quvchi uchun) 2 nafar rahbar (1 nafar guruh rahbari va 1 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasi) biriktiriladi; 1-kursdan boshlab kasbiga oid amaliy ko‘nikmalar o‘rgatiladi; 1-kursdan boshlab ishlab chiqarish amaliyoti davrida o‘quvchilarimiz o‘z kasblari bo‘yicha ishlashlari va oylik maosh olish huquqiga egadirlar; Kasb-hunar o‘rgatiladi va shu kasbga oid diplom beriladi; Kasbiga oid bo‘lgan korxonalarga ishga joylashtiriladi; Politehnikumni bitirgan o‘quvchilar akademik litsey, umumta’lim maktablarining bitiruvchilari kabi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish huquqiga ega; Bizning o‘quvchilar 2 yil davomida tadbirkorlikka yo‘naltirilib boriladi hamda ushbu diplom bilan xususiy biznes ochishiga imkoniyat mavjud; Kasbi va dunyoqarashiga teng bo‘lgan yana 29 nafar do‘st orttiradi.